Ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari ma’muriy islohotlarning yana bir qator jihatlarini ochiqladi: Xususan:

– vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib o‘zi javob beradi;

– vazirlarning siyosiy mas’uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi;

– vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi;

– qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi;

– ma’muriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi.

O‘zA