Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’lim sohasiga to‘xtalib o‘tdi.

–Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz,  ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.

Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.

Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA