Ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda

–Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqdik.

Misol uchun, 2017 yilda kam ta’minlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga ko‘mak berilmoqda.

Ajratilayotgan mablag‘lar esa, 7 baravar ko‘paytirilib, yiliga 11 trillion so‘mga yetdi.

Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.

Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA