Mamlakatimizda avtomobilga gaz quyish shoxobchalarida metan gazga nisbatan cheklov o‘rnatilgani bois AYOQSHlarida aholining benzinga nisbatan talabi ortdi.

Natijada birja savdolarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan kunlik qo‘yilgan benzin hajmi 2.5 ming tonnadan 5 ming tonnagacha oshirildi.

Narx muvozanatini saqlash maqsadida birja savdolarida AI-80 markali benzinning narxi sun’iy ravishda oshirilishiga qarshi qaratilgan choralar ishlab chiqilmoqda.

Bu xususda soha mutaxassisi O‘zAga kengroq tushuncha berdi.

O‘.Alimov, D.Yoqubov (video), O‘zA