“O‘zmilliybank” AJ Solfy kartasi bilan Siz hamkorlarning keng tarmog‘ida birlamchi to‘lovsiz 12 oygacha bo‘lgan muddatga xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Yashirin to‘lovlarsiz, komissiyalarsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz.

Solfy har qanday ehtiyojni qondira oladigan turli segmentlardan ko‘plab hamkorlarni birlashtiradi: texnika, poyabzal, kiyim-kechak, aksessuarlar, kosmetika va parfyumeriya, zargarlik buyumlari, bolalar buyumlari, sport, dam olish, tovarlar, xizmatlar, go‘zallik, mebel va interer, qurilish materiallari, musiqa asboblari, idishlar, avto va boshqalar.

Solfy hamkorlari orasida Macro supermarketlar tarmog‘i, MuTaxi, Yaponamama restoranlar tarmog‘i, Waikiki, turli savdo va ko‘ngilochar markazlar va boshqalar mavjud.

Hamkorlarning to‘liq ro‘yxatini Solfyning sayti yoki mobil ilovasida ko‘rish mumkin. Ular soni kun sayin ortib bormoqda.

Solfy kartasi qanday ishlaydi?

Siz muddatli to‘lov asosida xaridni amalga oshirmoqchi bo‘lgan hamkor do‘konni tanlaysiz va shunchaki karta orqali to‘laysiz. Qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirish yoki to‘lovlarni faollashtirish shart emas: kartani bir marta rasmiylashtirasiz va u yordamida to‘lovlarni to‘laysiz. Barcha xaridlar avtomatik ravishda, muddatli to‘lov asosida, qo‘shimcha harakatlarsiz amalga oshiriladi. Do‘kon bankdan darhol tovarlarning to‘liq qiymatini oladi, siz esa xarid narxini muddatli to‘lov davrida teng qismlarda qaytarasiz.

Masalan, Solfy kartasi bilan hamkor-do‘konda 1 000 000 so‘mlik televizorni xarid qildingiz. Do‘kon 4 oylik muddatli to‘lovni taqdim etadi (har bir do‘kon o‘z muddatiga ega bo‘lishi mumkinligiga e’tibor bering). Ushbu xarid 4 ta teng qismga 250 000 so‘mdan bo‘linadi va bu to‘lovni keyingi oydan boshlab amalga oshirish kerak. Agar oy davomida bir nechta xaridlarni amalga oshirgan bo‘lsangiz, unda ular qulay tarzda bitta sanada bitta to‘lovga birlashtiriladi. Har bir xarid uchun to‘lov taqvimini yodda tutishingiz shart emas. To‘lov sanasi, miqdori va tafsilotlari haqidagi malumotlarni esa Solfy mobil ilovasida qulay tarzda ko‘rish mumkin.

Muddatli to‘lovga xarid qilish uchun hamkor-do‘konni qanday topish mumkin?

Siz hamkor-do‘konlarni Solfy mobil ilovasi yoki сайтида, shuningdek do‘konlarga kirishda yohud kassa zonasidagi Solfy stikerlari orqali topishingiz mumkin.

Solfy kartasini qayerda rasmiylashtirish mumkin?

Kartani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sizga faqat pasport kerak bo‘ladi. Uni rasmiylashtirish esa,

•   Solfy mobil ilovasida – onlayn tarzda.

•  Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, siz mobil ilovada karta tayyorligi haqida xabar olasiz va  “O‘zmilliybank” AJ ning O‘zbekiston bo‘ylab istalgan filialidan uni olib ketishingiz mumkin.


Reklama huquqi asosida