Yevropa olimlari sayyoramiz tomon parvoz qilayotgan 2015 RN35 asteroidini aniqlashdi, deb xabar tarqatmoqda Yevropa koinot agentligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

“2015 RN35 asteroidining hajmi yetarlicha katta va Yerga juda yaqin masofadan uchib o‘tadi. Shu bois uni koinotshunos-havaskorlar kuzatishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Daily Express gazetasining ta’kidlashicha, osmon jismining aylanasi 140 metrcha keladi va u sayyoramizga 680 000 kilometr masofada yaqinlashadi, shu bois ushbu osmon jismi insoniyatga xavf tug‘dirmaydi.

Britaniyalik jurnalistlar 2015 RN35ni “rojdestvo asteroidi”, deb nomlashdi.