AOKAda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda joriy yilning 9 oyi mobaynida jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, Pensiya jamg‘armasining 2022 yil 9 oyligi daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari 23 032,0 mlrd. so‘m etib belgilangan bo‘lib, ijro 24 097,8 mlrd. so‘mga yoki 105 foizga bajarildi. Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan 4,2 mln. nafar pensiya va nafaqa oluvchiga 36,7 trln.so‘m xarajatlar amalga oshirildi.

Jamg‘arma tomonidan 336,9 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming nafarga yoki 14,6 foizga oshgan.

Shuningdek, 2022 yil sentyabr oyida pensiyalarning bir oylik o‘rtacha miqdori 1 035,8 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 112,9 ming so‘mga yoki 12,0 foizga oshgan.

Nafaqalarning bir oylik o‘rtacha miqdori 671,8 ming so‘mni tashkil etib, 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 94,9 ming so‘mga yoki 16,5 foizga ko‘paydi.

Qolaversa, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida 3,9 mln.dan ortiq oilaning bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida arizalari «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ATga kiritilib, 46 foiz oilaga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlab berildi.

bugungi kunda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali 2 350 mingdan ortiq oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanib to‘lanib kelinmoqda.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» AT orqali tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlaridan foydalanishi joriy etildi.

Hozirgi kunga kelib, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga 16 ta vazirlik va idoraning axborot tizimlaridan 52 turdagi ma’lumotlar elektron olinmoqda.

2022 yilning yanvar – cyentyabr oylarida 123 899 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan ariza, shikoyat va takliflar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi.

Bosh Prokuratura «Ishonch» telefoni orqali kelgan 12 715 nafar va Pensiya jamg‘armasi «Ishonch» telefoni orqali 1 683 nafar fuqarodan qabul qilingan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib, joyiga chiqib o‘rganilgan holda ijrosi ta’minlandi.

 

Mohigul Qosimova,  

O‘zA