Qo‘shma Shtatlar shu hafta Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida Rossiyaning Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarida referendum o‘tkazilishiga oid rezolyutsiya loyihasini ovozga qo‘yishi mumkin.

Bu haqda AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild xabar qildi.

«Bizning rejamiz – rezolyutsiya loyihasini ovozga qo‘yish», degan siyosatchi.

AQSH va Albaniya BMT Xavfsizlik kengashida Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarida ushbu hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi.

Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlar Xavfsizlik kengashida rezolyutsiya loyihasi qabul qilinmay qolsa, u holda BMT Bosh Assambleyasida referendum natijalarini baholash masalasini ko‘tarish niyatini bildirdi.

O‘zA