Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Muqobil energiya qurilmalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Prezident tomonidan Toshkent shahrida yil yakuniga qadar Qashqadaryodagi klasterga qo‘shimcha yana 2 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Buning hisobiga respublika bo‘yicha muqobil energiya qurilmalarini ishlab chiqarish yillik quvvati 50 ming donaga yetkazilishi ta’kidlandi.

Hozirda o‘z ehtiyojini 100 foiz muqobil energiyadan qoplagan va tarmoqdan to‘liq uzilgan iste’molchilarga soliq imtiyozlari qo‘llanadi.

Moliya va energetika vazirliklariga muqobil energiyadan 25 foiz ehtiyojini qoplagan iste’molchilarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz berish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

O‘zA