O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari va tashrif doirasidagi boshqa tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ikki mamlakat yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadilar, savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadilar.

Uchrashuv yakunida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

15-16 sentyabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.