Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasi davom etmoqda.

Nomzodning Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflaridan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

– Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga  7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish;

–bo‘sh turgan davlat ob’ektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob’ektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;

– Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;

– faqat qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

– Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.

O‘zA