Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpog‘istonda sanoat loyihalarini ko‘paytirish maqsadida mutasaddilarga:

– Investorlarga ko‘mak markazini tashkil etish, unda qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit va kompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga ko‘maklashish bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatish;

– Investorlarga ko‘mak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;

– Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;

– besh yil muddatga faqat Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni mamlakatimiz bo‘ylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari Qorao‘zakda mis ishlab chiqarish, Qo‘ng‘irotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.

O‘zA