Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.

Davlatimiz rahbari Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasida bo‘lib, ushbu qutlug‘ maskanni ziyorat qildi.

Majmuani buyuk muhaddisning Islom olamida tutgan mavqei, salohiyatimizga mos tarzda qayta qurish borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan va shu munosabat bilan viloyatda keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zA.