Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida hozirda respublika bo‘yicha 57 ta professional ta’lim muassasasida Germaniya tajribasi asosida ish joyida o‘qitishning dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yilgani aytildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida bu o‘z natijasini bergani ta’kidlandi – pedagogika kolleji o‘quvchilari 2 kun nazariy bilimlarni kollejda oladi, qolgan 4 kun esa bog‘chalarda amaliyot o‘taydi va ishlab, oylik oladi.

Viloyat hokimlari Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda ushbu ijobiy tajribani kasb-hunar maktablari va texnikumlarda yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Endilikda:

– dual ta’limni joriy etish uchun kasb-hunar maktablarining bo‘sh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish sexlari tashkil etiladi. Bunda, o‘quvchilar ushbu korxonada ishlab, oylik oladi;

– korxonadagi ustozlarga asosiy ish haqidan tashqari, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

O‘zA