“Kolorado” safarda g‘alaba qozondi

Milliy xokkey ligasi tomonidan o‘tkazilgan chempionatining navbatdagi turi keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

“American Airlines Center” majmuasida “Dallas” va “Kolorado” o‘zaro bahslashdi. Unda“Kolorado” jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Nyu-Jersi” va “Filadelfiya” uchrashuvi 3:5 hisobida tugadi. “Reynjers” o‘z muz saroyida “Aylenders”ga 2:7 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “Pittsburg” va “Detroyt”, “Minnesota” va “Vinnipeg” o‘rtasidagi uchrashuvlar bir hil 4:1 hisobida yakunlandi.

Shuningdek, chempionatda “Monreal” – “Boston” 3:4, “Vegas” – “Edmonton” 2:3, “Los-Anjeles” – “Anaxaym” 2:4, “San-Xose” – “Arizona” uchrashuvida 6:5 hisobi qayd etildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA