2017-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. 

Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan bo‘lib, uning 15 tasi qonun, qolgani boshqa masalalardir.

Yalpi majlisning birinchi kunida 17 masala ko‘rib chiqildi. Bular – O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi hamda kun tartibiga kiritilgan 15 qonun ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senat raisi N.Yo‘ldoshev boshqarayotgan yalpi majlisning ikkinchi kunida qolgan masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Ayni vaqtda 2018-yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur to‘g‘risidagi masala muhokama qilinmoqda.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA