O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Unda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, ko‘plab tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

 

Anvar Samadov, O‘zA