330 milliondan ortiq kredit qarzdorligi undirildi

Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudining 2018-yil 22 kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Jaltыrbas Balыq” MCHJdan undiruvchi ATB Qishloq qurilish bank QR mintaqaviy filiali foydasiga 330 mln. 466 ming soʻm kredit qarzdorligini undirish, undiruvni esa garov mulkiga qaratish belgilangan.
Sud qarorining ijrosini taʼminlashda boʻlim davlat ijrochilari tomonidan jamiyatga tegishli boʻlgan, garovga qoʻyilgan maʼmuriy bino xatlangan va elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga qoʻyilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor jamiyat tomonidan jami 330 mln. 466 ming soʻm kredit qarzdorligi joriy yilning 5-may kuni toʻliq undirilgan.

 

OʻzA