Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari nomi e’lon qilindi

TripAdvisor agregatori yo‘lovchilar fikri asosida bu yilgi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingini e’lon qildi. Singapurning Singapore Airlines kompaniyasi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari ro‘yxatini boshqarmoqda. 
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Qatarning Qatar Airways, Tayvanning EVA Air kompaniyalari egallagan. Yetakchilar beshligini Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates va Yaponiyaning Japan Airlines kompaniyalari yakunlagan.
Eng yaxshi o‘nlikka Amerikaning Southwest Airlines, Braziliyaning Azul, Yangi Zelandiyaning Air New Zealand, Buyuk Britaniyaning Jet2.com va Yaponiyaning All Nippon Airways (ANA) kompaniyalari kirgan.
Emirates — eng yaxshi birinchi klass saloni, Qatar Airways — eng yaxshi biznes klass saloni, Air New Zealand va Singapore Airlines — eng yaxshi premium-ekonom va ekonom klass salonlari uchun yo‘lovchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

 

O‘zA