Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokama uchun qoʻyildi.

Qaror loyihasiga muvofiq, tuzulishi koʻzda tutilgan “Xalq taʼlimi nashriyotlari” DUK xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari uchun oʻrnatilgan tartibda Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga turishlari, uy-joy uchun ipoteka kreditlari olish imkoniyati yaratilmoqda.

 

OʻzA