“Oʻzbektelekom“ Afgʻonistonga internet sotadi

1 dekabrdan boshlab, tezligi kafolatlangan va arzon narxdagi internetga qanday ega boʻlamiz? Oʻzbekiston qachondan boshlab internet sotib olishdan, uni sotishga oʻtadi? Bu kabi savollar tadbir barchani qiziqtirishi tabiiy, albatta.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjumanda ayni shu masalalar yuzasidan javob berildi.
Unga koʻra, tashqaridan internet sotib olish imkoniyati hozirga qadar faqat “Oʻzbektelekom“ga tegishli boʻlgani, endilikda, bu monopoliya tugatilishi kutilmoqda. Ana shunda katta provayder kompaniyalari “Oʻzbektelekom“ga tobe boʻlmagan holda internet sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Raqobat esa sifat ekani hammaga kundek ayon.

 

OʻzA