Mashhur hind dizayneri “Toshkent moda haftaligi”da ishtirok etadi

Taniqli hindistonlik dizayner Rita Beri 21-26 noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan Toshkent moda haftaligida oʻz kolleksiyasini taqdim etadi.

Rita Beri “Hindiston moda malikasi” nomi bilan mashhur. U Parijda taqdim etilgan birinchi hind dizayneridir. Rita Berining ishlari butun dunyo boʻylab “Liberty” (London), “Maria Louisa” (Parij), “Vogue” (Monako), “Gail Antabi” (Saudiya Arabistoni), “Caroline Behrens” (Shveysariya) va “Aishti Sal” (Livan), “Maison Blanche” va “Fia Donne” (Yaponiya) kabi nufuzli moda markazlarida namoyish etilgan.

Mashhur kino yulduzlari Nikol Kidman, Letitsiya Kasta, Madxuri Diksit va boshqalar Rita Beri yaratgan liboslarni kiyishadi. U, shuningdek, hashamat sohasidagi ijodkorlik va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlovchi “The Luxury League notijorat tashkiloti asoschisi hisoblanadi. Modelyer oʻzining ijod qirralari haqida bir nechta kitob yozgan.

 

Farzona Muhammadnazar, OʻzA