Denis Istomin mavsumni nechanchi pogʻonada yakunladi?

Professional tennischilar uyushmasining (ATR) taqvimidan joy olgan barcha musobaqalari yakunlandi.
Joriy yilgi yakunlangan mavsumda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin 622 ochko bilan mavsumni 92 pogʻonadan oʻrin olgan holda yakunladi.
Serbiyalik Novak Jokovich 9045 ochko jamgʻargan holda mavsumni dunyoning birinchi raqamli tennischisi sifatida yakunladi. Shuningdek, ispaniyalik Rafael Nadal 7480 ochko bilan ikkinchi, shveysariyalik Rojer Federer esa 6420 ochko bilan jahonning uchinchi raketkasiga aylandi
ATP Reytingining kuchli oʻntaligi. 2018 yil 19 noyabr holatiga koʻra:
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 9045
2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) – 7480
3. (3) Rojer Federer (Shveysariya) – 6420
4. (5) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6385
5. (4) Xuan Martin Del Potro (Argentina) – 5300
6. (6) Kevin Anderson (JAR) – 4710
7. (7) Marin Chilich (Xorvatiya) – 4250
8. (8) Dominik Tim (Avstriya) – 4095
9. (9) Kei Nishikori (Yaponiya) – 3590
10. (10) Jon Isner (AQSH) – 3155

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA