Rio-de-Janeyroda roʻy bergan oʻpirilishlar tufayli halok boʻlganlar soni 14 kishiga yetdi

Bu haqda qutqaruv xizmati va yongʻinga qarshi kurash xodimlari maʼlumotiga tayanib, Globo portali xabar beradi. Avvalroq, toʻqqiz kishi halok boʻlgani va ikki kishining bedarak yoʻqolgani aytilgandi. Kamida 11 kishi jarohatlangan.
Eslatib oʻtamiz, oʻpirilishlar shanba kuni boshlangan. Bir necha kundan buyon yogʻayotgan kuchli yomgʻirdan, ayniqsa, Niteroy aholi punktiga koʻproq zarar yetgan.

 

OʻzA