Koʻrichak insonni kasallikka duchor qilishi aniqlandi

Koʻrichakni oldirgan kishilarning Parkinson kasalligiga duchor boʻlish ehtimoli juda past boʻlar ekan. 
“Science Translational Medicine” jurnali maʼlumotiga qaraganda, tadqiqotlardan keyin shved olimlari shunday xulosaga kelgan. Keyingi 50 yilni qamragan tadqiqotda 17 million shved fuqarolari oʻrganilgan va koʻrichagi olingan insonlarning Parkinsonga chalinishi 19,3 foizga kam boʻlishi aniqlangan. Olimlar buni koʻrichakda Parkinsonni paydo qiluvchi alfa-sinukleid oqsili yigʻilishi uchun qulay muhit boʻlishi bilan izohlashdi.

 

OʻzA