Afsonaviy sobiq futbolchisi Luis Garsiya Toshkentga keldi

Afsonaviy sobiq futbolchisi Luis Garsiya Toshkentga keldi

Bugun, 28 oktabr kuni “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida koʻrsatgan mazmunli oʻyinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor boʻlgan futbolchi, endilikda La Liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga oʻzbekistonlik yosh “charm toʻp” ustalariga mahorat darslari oʻtib berish uchun yetib keldi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar qildi.

«Toshkentda boʻlib turganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kun doirasidan oʻrin olgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishimizga ishonaman.

photo5379618380337752593.jpg
“El-Klasiko”dek juda muhim uchrashuvni oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari bilan tomosha qilish imkoniyatiga egaligimdan xursandman. Futbol targʻibotini kuchaytirishga hissa qoʻshayotganimdan va bu orqali Oʻzbekistonda ham doʻstlar orttirayotganimdan baxtiyorman», deya fikr bildirdi Luis Garsiya.
U bugun “Ommaviy El-Klasiko” tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi oʻtib beradi.

Qolaversa, “Barselona” — “Real M” uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi “Real Madrid” vakillariga qarshi “Barselona” safida koʻrgazmali oʻyinda maydonga ham tushadi.

 

O’zA

  30.10.2018, 13:41  |    222 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!