«Toshkentda boʻlib turganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kun doirasidan oʻrin olgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishimizga ishonaman.
“El-Klasiko”dek juda muhim uchrashuvni oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari bilan tomosha qilish imkoniyatiga egaligimdan xursandman. Futbol targʻibotini kuchaytirishga hissa qoʻshayotganimdan va bu orqali Oʻzbekistonda ham doʻstlar orttirayotganimdan baxtiyorman», deya fikr bildirdi Luis Garsiya.
U bugun “Ommaviy El-Klasiko” tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi oʻtib beradi.
Qolaversa, “Barselona” — “Real M” uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi “Real Madrid” vakillariga qarshi “Barselona” safida koʻrgazmali oʻyinda maydonga ham tushadi.