Poytaxtimizda xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatidan o‘rin olgan “Humo” va “Kulager” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Humo” bu safar ham kambek evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib oldi.
Birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan mezbonlar uchinchi bo‘lim yakuniga qadar hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu uchta golga Andrey Pavlenko mualliflik qildi.
G‘alabadan so‘ng “qanotlilar”ning ochkolari 45 taga yetdi va jamoa chempionatning uchinchi o‘rnidan joy olgan holda “Humo” muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi “Humo” 17-18 yanvar kunlari Rudniyning “Gornyak”, 21-22 yanvar kunlari esa “Aktobe” jamoasiga qarshi safarda muzga chiqsa, mavsumning so‘nggi 4 ta o‘yini poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
Unda jamoamiz 26-27 yanvar kunlari “Arlan”, 31 yanvar va 1 fevral kunlari “Nomad” bilan o‘ynaydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA