Oʻzbekistonda madaniy meros va turizmni rivojlantirish uchun YETTB yangi loyiha taqdim etmoqda

Bu haqda poytaxtimizdagi “Wyndham“ mehmonxonasida boʻlib oʻtayotgan madaniy merosni asrab-avaylashda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan seminarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakili Marilena Vunu maʼlum qildi.
M.Vunu bu borada xorijiy tajribalarni ommalashtirish muhimligini qayd etib, YETTB mamlakatda qishloq xoʻjaligini, yengil sanoatni rivojlantirishga ham yordam berishga tayyorligini aytdi.
Xorijlik mutaxassis fikricha, bu boradagi ishlar turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

N.Ziyodullayeva, OʻzA