XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori Isroil Madrimov bo‘ladi

Yana salkam bir oydan keyin Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qit’ada to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Osiyo o‘yinlari boshlanadi.
Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur nufuzli musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyamiz bayrog‘ini kim ko‘tarishi e’lon qilindi. Bunday baxtga Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi hisoblangan bokschimiz Isroil Madrimov sazovor bo‘ldi.
Unutmagan bo‘lsangiz, 2014-yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida mashhur dzyudochimiz Rishod Sobirov O‘zbekiston bayroqdori bo‘lgandi. O‘shanda Madrimo finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi.

 

O’zA