Abituriyentlar hujjat topshirmoqda

Nukus davlat pedagogika instituti shu kunlarda talaba bo‘lish istagidagi yoshlar bilan gavjum.

Joriy yil qabul rejasiga ko‘ra, universitetning bakalavriat bosqichiga 1 ming 725 talaba o‘qishga qabul qilinadi. Magistratura bosqichida esa 14yo‘nalish bo‘yicha 58 nafar yosh mutaxassis tahsilni davom ettiradi.

Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasida abituriyentlar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Hujjatlarni qabul qilish ishlariga tajribali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Ushbu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda.

13.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA