TAEKVONDO: Dmitriy Shokin – Yevropada sovrindor

Italiyaning Rim shahrida taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan Gran-pri xalqaro turnirida hamyurtimiz Dmitriy Shokin muvaffaqiyatli qatnashdi.
Olti nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilayotgan turnirning birinchi kunida tajribali taekvondochimiz Dmitriy Shokin (+87kg) shoxsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Ammo Jasur Boyqo‘ziyev, Nigora Tursunqulova va Umida Abdullayevalar kutilgan natijani qayd eta olmadilar. Bugun, musobaqaning so‘nggi kunida umidimizMaksim va Nikita Rafalovichlardan. Ular o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Oybek Yunusov