Zidan “Qirollik klubi”ni tark etyapti. Jamoani kim boshqaradi?

Ayni paytda klub prezidenti Florentina Peres boshchiligidagi matbuot anjumani davom etmoqda.
2016-yil yanvardan buyon “Real Madrid” jamoasini boshqarib kelayotgan fransiyalik mutaxassis Zenidin Zidan navbatdagi fantastik mavsumdan so‘ng klubni tark etyapti, deb yozadi Britaniyaning “sun” nashri.
U jamoa bilan ketma-ket uch marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Qolaversa, Ispaniya chempionligi, Kubogi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini ham zafar quchdi.
Zidanning nima sababdan jamoani tark etayotgani ma’lum emas. Klub prezidenti Florentina Peres boshchiligidagi matbuot anjumanidan so‘ng bu masala oydinlashadi. “Qirollik klubi”ni Mourisio Pochittino boshqarishi mumkin degan tahminlar bor.
Saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA