Qonliko‘lda “Mo‘jizalar uyi” ochildi

Qonliko‘l tumani hududida 11 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 1493 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Joriy yil tumanda davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod bo‘ladigan muassasalarni ko‘paytirish maqsadida qo‘shimcha yana 10 ta bog‘cha qurish belgilangan.

Baqsha01.JPG

Shu maqsadda shu yilning 1-iyun kuni tumanda maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi “Mo‘jizalar uyi” davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Mo‘jizalar uyi” 25 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha turdagi zamonaviy asbob uskunalar, bolalar o‘yinchoqlari bilan ta’minlangan.

Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Baqsha1.JPG
Baqsha02.JPG
Baqsha2.JPG
Baqsha04.JPG
Baqsha4.JPG
Baqsha05.JPG
Baqsha06.JPG
Baqsha6.JPG
Baqsha9.JPG
Baqsha10.JPG

 

O’zA