Ҳамкорлик ришталари мустаҳкамланади

Mamlakatimizga Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri Abbos Oxundiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O.Ramatov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari, jumladan, yo‘lsozlik, transport-logistika sohalarida ham jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Ikki davlat o‘rtasida transport sohasida mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lsa-da, muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish, sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud.

1.jpg

6.jpg
Uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlaridan unumli foydalanish, “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon” mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Delegatsiya a’zolari shu kuni qator vazirlik va tashkilotlarda bo‘lib, o‘zaro hamkorlikni ravnaq toptirish yuzasidan fikr almashdi.

Mehmonlarning Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashrifi rejalashtirilgan.

 

Nazokat Usmonova, Muhammad Amin (surat), O‘zA