Ertaga “Uzbekistan Agromash Expo – 2018” ko‘rgazmasi boshlanadi.
Shu yilning 30 may kuni “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasining markaziy pavilonlari va ochiq maydonlarda XIII “Uzbekistan Agrotech Expo – 2018” Respublika qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma yarmarkasi va VII qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmasi “Uzbekistan Agromash Expo – 2018” o‘z ishini boshlaydi.
Ko‘rgazma joriy yilning 30 maydan 2 iyunga qadar davom etadi.
Ko‘rgazmada meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish va ularni qayta ishlab chiqarish, muzlatish va sovutish uskunalari; meva va sabzavotlarni quritish uskunalari; non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari; bog‘dorchilik texnologiya va uskunalari; issiqxona komplekslari; o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy dori vositalari; chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish texnologiya va uskunalari; go‘sht va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari; sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari; veterenariya, sut sog‘ish uskunalari va maydonlari; farmatsevtika sanoati; qishloq xo‘jaligi texnikasi; paxtachilik texnikasi; paxta teruvchi mashinalari; bog‘dorchilik texnikasi va traktorlari kabi sohalardagi ilg‘or texnikalar namoyish etiladi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA