O‘zbekistonda “Yevropa kunlari” tadbirlari o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9–31-may kunlari davomida “Siz YEIni bilasizmi?” nomli viktorina o‘tkaziladi. Har kuni YEIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi sahifalarida Yevropa Ittifoqiga oid savollar joylab boriladi. Unda qatnashib yaxshi natija ko‘rsatgan qatnashchilar YEIning O‘zbekistondagi ofisiga taklif etiladi va sovg‘alar bilan taqdirlanadi.​
Eduard Stiprays O‘zbekistonda “Yevropa kunlari” doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
9-may – “Yevropa kunlari” bayrami arafasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.
9-may sanasida Yevropa kuni nishonlanadi. Ushbu sana 1950 yildan buyon nishonlanib kelinadi. Shu kuni Robert Shuman Yevropa Ittifoqi tinchlik, rivojlanish va umumiy qadriyatlarga intilishi tufayli birlashgan olti mamlakat birligiga asos solgan mashhur nutqini o‘qib bergan edi.
Bugun Yevropa Ittifoqi tarkibida umumiy qadriyatlar bilan 28 ta mamlakat birlashgan.
Anjumanda Eduard Stiprays O‘zbekistonda “Yevropa kunlari” doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar haqida bayonot berdi.
Stipraysning ma’lum qilishicha, joriy yilning 10-may sanasida Toshkentda “Yevropa kunlari” munosabati bilan rasmiy qabul bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu marosimda hukumat, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, hamkorlar va jurnalistlar qatnashishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi O‘zbekistonda “Yevropa kunlari” doirasida bir qator tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda 9–31-may kunlari davomida “Siz YEIni bilasizmi?” nomli viktorina o‘tkaziladi. Har kuni YEIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi sahifalarida Yevropa Ittifoqiga oid savollar joylab boriladi. Unda qatnashib yaxshi natija ko‘rsatgan qatnashchilar YEIning O‘zbekistondagi ofisiga taklif etiladi va sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
11–18-may sanalarida Toshkentda Erasmus + Milliy ofisi Yevropada oliy ma’lumot olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan tadbirlarini o‘tkazadi.
2018-yilning 25-may sanasidan 30-mayga qadar Toshkentda YEIning mashhur va sevimli loyihalaridan biri – Yevropa kino festivali kunlari bo‘lib o‘tadi. Festivalda Yevropaning 8 davlati – Germaniya, Latviya, Ruminiya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveyyariya va Sloveniya kabi mamlakatlarning milliy kinolari namoyish etiladi. Doimgidek, ana’naviy tarzda kinolarga kirish bepul.
Yevropa kinosi festivali kunlari Toshkentda oltinchi bora o‘tkazladi. Kuz oyida festival Farg‘ona va Termiz shaharlarida o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 8-iyunidan 18-iyunigacha Toshkent fotografiya uyida “YEI O‘zbekiston barqaror hamkorligi yo‘lida: an’anaviy qadriyatlar va yangi imkoniyatlar doirasida” mavzusidagi fotoko‘rgazma tashkil etiladi.

 

O‘zA