Yordam qo‘li samimiy bo‘lishi kerak

Davlatimiz rahbari konferensiyada “Ishonchim komilki, ushbu konferensiyaning o‘tkazilishi, amaliy ruhdagi muloqot va munozaralar, shuningdek, yakuniy Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha amaliy jihatdan ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi va tinchlik jarayonining o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”ga aylanadi”, deya alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda barchani birlashib, jafokash Afg‘oniston xalqiga tinchlik va taraqqiyot yo‘lida samimiy yordam qo‘lini cho‘zishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga chorladi.