Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–754, 15.02.2022 y.) bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:

  • takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
  • ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
  • bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik:

  •  fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha);
  • mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.