BAAning Fujayra shahrida qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha U20 yosh toifasidagi jahon kubogi bahslarida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari ishtirok etmoqda.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida hamyurtimiz Radmir Semeneyev nimchorak finalda Xitoy Taypeyi vakili Po-Han Chenni 15-7 hisobida taslim etgan holda 1/4 final bosqichiga chiqdi. Qilichbozimiz ushbu bosqichda xitoylik Tianyi Jou bilan raqobatlashadi.

Mazkur musobaqada afsuski, Azamat Muhammedov, Fozil Alimov, Ulug‘bek Usmonov, Ilyos Marufjonov va Jamoliddin Marufjonov kabi vakillarimiz ilk bosqichlarda mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, 4-5 yanvar kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz sharafini Musa Aymuratov, Alpamis O‘rakbayev, Sardor Abdukarimbekov, Nargiza Jaksibayeva, Ayako‘z Jumamuratova hamda Samira Shokirova yakkalik va jamoaviy bahslarda himoya qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA