Voleybol bo‘yicha Rossiya chempionati qizg‘in davom etmoqda

Voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Rossiya chempionatining 16-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda, “Yenisey” jamoasi a’zolari o‘z parketida “Dinamo Krasnodar”ga qarshi kechgan uchrashuvning uchta bo‘limini o‘z foydasiga hal qildi. “Uralochka” esa safarda “Dinamo-Metar” ustidan 20:25, 18:25, 28:26, 20:25 hisobida g‘alaba qozondi.

Chempionatda “Dinamo Moskva” – “Saxalin”ni 3-0, “Dinamo-Kazan” – “Zarechye-Odinsovo”ni 3-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Proton” o‘z uyida “Leningradka”ni qabul qilib 0-3 hisobida yengildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA