Poytaxtimizda Prezidentimiz raisligida joriy yilda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda yakka tartibda uylar qurish bo‘yicha bajariladigan vazifalar ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘tgan yilgi Andijon tajribasidan kelib chiqib, fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, kredit bir yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilib (o‘rtacha 240 million so‘m), ehtiyojmand aholi uchun foizning bir qismi subsidiya sifatida to‘lab beriladi.

– Bu tizim asosida kreditlar joriy yilda har bir viloyatda kamida 500 tadan xonadonga ajratiladi. Viloyat hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, qaysi tumanda qancha oilaga bunday kreditlarni ajratishni o‘zlari hal qiladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Qurilayotgan uylarning sifatiga alohida e’tibor berish zarurligi aytildi.