Xalqaro iste’molchilar tashkiloti prezidenti, professor, doktor, Marimutu Nadason O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga «Yil tanlovi»da g‘olib chiqqani munosabati bilan Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov va jamoaga tabriknoma yo‘lladi:

«Men O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zA – O‘zbekiston milliy axborot agentligi ta’sis etgan «Yil tanlovi-2020” tanlovida “2020 yilning eng faol jamoat tashkiloti» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lganini eshitib juda quvondim. Shu munosabat bilan sizni va Federatsiya jamoasini Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International) nomidan chin qalbimdan tabriklayman.

Men bilan Xalqaro iste’molchilar tashkilotidagi hamkasblarim federatsiyaning iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlari haqida yaxshi xabarlar olib turibmiz va siz erishayotgan yutuqlardan xursandmiz. Men yana 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi vaqtida federatsiya mahalliy bozorlarida iste’mol tovarlari bahosi noqonuniy tarzda ko‘tarilib ketishi oldini olish uchun narx-navoni monitoring qilib borgani va aholining ehtiyojmand qatlamlariga oziq-ovqat yetkazib berishday xayriya ishlari bilan shug‘ullanganidan ham xabardorman.

Yana shuni qayd etmoqchimanki, biz federatsiya bilan 2021 yil 4-6 may kunlari Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida Turizm sohasida iste’molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha «Sayyoh-2021” xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz. Ushbu forum turizm sohasida iste’molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha tajriba almashuv platformasi sifatida nafaqat ushbu sohadagi iste’molchilar huquqini himoya qilishni yaxshilashga, qolaversa, O‘zbekistonning turizm potensialini rivojlantirishga xizmat etishiga umid qilaman. Siz bilan joriy yilda mehmondo‘st o‘zbek zaminida uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Tashakkur, samimiy tilaklar bilan, Xalqaro iste’molchilar tashkiloti prezidenti Marimutu Nadason.»