Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Namangan shahrida ham Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda. Tungi illuminatsiyalar, rang-barang chiroqlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida qad rostlagan 26 metrli archa barchaga zavqu shavq bag‘ishlamoqda.
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA