Yurak xastaliklari samarali davolanmoqda

Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining rentgenendovaskulyar xirurgiya bo‘limida yurak qon-tomir kasalliklari diagnostikasi va jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

8 (1).JPG

Joriy yil iyun oyida faoliyat boshlagan bo‘lim yurak qon-tomir kasalliklarini aniqlash va samarali davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy «angiograf» apparati bilan ta’minlangan. O‘tgan davr mobaynida bu yerda 200 ga yaqin murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi.

1.JPG

–Muassasamiz qator davlatlardagi yetakchi klinikalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan, – deydi rentgenendovaskulyar jarroh Fayzulla Irohimov. – Xorijlik hamkasblarimiz ishtirokida o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlarida yangicha davolash usullarini qo‘llash bo‘yicha tajriba almashish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz.

 

Alisher Isroilov (surat), O‘zA