Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidi (surat)

Ushbu masjid ma’muriy binosining birinchi qavatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘istondagi vakilligi idorasi joylashgan bo‘lib, uning barcha xonalari qayta ta’mirdan chiqarildi.

Ikkinchi qavatida axborot-resurs markazi, 2 kutubxona tashkil etildi. Issiq pol qurildi, eshiklari yangisiga almashtirildi. Namoz o‘qiydigan maskan rekonstruksiya qilinib, gumbaz qayta ishlandi. Masjid yonidan minora, hovuz, novvoyxona, avtomobillar uchun to‘xtash joyi va boshqa qulayliklar bunyod etildi. Manzarali daraxt va gullar ekildi.

Shuningdek, masjid yonida 128 o‘rinli imom-xatiblar malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etilib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

10.JPG
11.JPG
19.JPG
22.JPG

 

A’lo Abdullayev (surat), O’zA