Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final bahslaridan soʻng, mazkur bosqichda oʻzini yaxshi koʻrsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi.
Mazkur jamoadan “Paxtakor”ning uch futbolchisi – Dragan Cheran, Eren Derdiyok va Sardor Sobirxoʻjayev oʻrin oldi. Shuningdek, tarkibga “Shabab Al- Ahli” safida toʻp surayotgan hamyurtimiz Aziz Gʻaniyev ham kiritildi.
Eslatib oʻtamiz: musobaqaning chorak finalida “Paxtakor” jamoasi yarim finalga chiqish uchun Eronning amaldagi chempioni “Persipolis” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi juftlikda esa Saudiyaning ikki jamoasi – “Al- Ahli” va “Al- Nasr” jamoalari oʻzaro raqobatlashadi.
J.Toshxoʻjayev, OʻzA