Registon maydonida futzal bo‘yicha navbatdagi FIFA jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim avvalida FIFA Prezidenti Janni Infantinoning musobaqa ishtirokchilariga videomurojaati namoyish etildi.

Tadbirda O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqib, mamlakatimizda sportga, jumladan bolalar va o‘smirlar futboliga qaratilayotgan e’tibor, ilk bor ushbu nufuzli turnirning O‘zbekistonga ishonib topshirilishi futzal sport turining rivojlanishiga  xizmat qilishini hamda mazkur mundial eng yaxshi musobaqa sifatida tarixda qolishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng FIFA prezidentining futzal bo‘yicha yordamchisi, ushbu musobaqa nazoratchisi Haime Yarza boshchiligida jahon futbol yulduzlari ishtirokida musobaqaga qur’a tashlandi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, A guruhidan joy olgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiyaga jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Futzal bo‘yicha JCH-2024 qur’asi. Barcha guruhlar bilan tanishing!

📌 A guruhi:

🇺🇿 O‘zbekiston

🇵🇾 Paragvay

🇨🇷 Kosta-Rika

🇳🇱 Niderlandiya

 

📌 B guruhi:

🇧🇷 Braziliya

🇹🇭 Tailand

🇭🇷 Xorvatiya

🇨🇺 Kuba

 

📌 C guruhi:

🇦🇷 Argentina

🇺🇦 Ukraina

🇦🇫 Afg‘oniston

🇦🇴 Angola

 

📌 D guruhi:

🇪🇦 Ispaniya

🇰🇿 Qozog‘iston

🇳🇿 Yangi Zelandiya

🇱🇾 Liviya

 

📌 E guruhi:

🇵🇹 Portugaliya

🇲🇦 Marokash

🇹🇯 Tojikiston

🇵🇦 Panama

 

📌 F guruhi:

🇮🇷 Eron

🇫🇷 Fransiya

🇻🇪 Venesuela

🇬🇹 Gvatemala

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari