FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 3-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ustozlar, maktab o‘quvchilari, ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari Rustam Saparboyev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Bitiruvchilarga kelgusi o‘qish va faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Joriy o‘quv yilida 59 nafar o‘quvchi mazkur ta’lim maskanini tamomlamoqda. Ularning 16 nafari xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro sertifikatga ega.
Tadbir davomida a’lo o‘qishi va namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA