Ayni paytda Samarqand shahrida futzal bo‘yicha navbatdagi FIFA jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi boshlandi.
Jahon chempionatiga bag‘ishlangan maxsus o‘zbekcha qo‘shiq, milliy kuy va raqslar ishtirokchilarga qur’a oldidan ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Marosim ishtirokchilariga FIFA Prezidenti Janni Infantinoning videomurojaati namoyish etildi.
Qur’a tashlash marosimida O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi.
Qur’a tashlash marosimida jahon futbol tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda sobiq futzal yulduzi, ikki karra jahon chempioni – ispaniyalik afsonaviy futzalchi Kike, “Manchester Yunayted” klubi hamda Fransiya terma jamoasida to‘p tepgan mashhur futbolchi Lui Saa, shuningdek, o‘zbek futboli yulduzi, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov ishtirok etmoqda.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbiri